Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 110-modda. Hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish

Shaharlar va boshqa aholi punktlarida hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish va saqlash choralarini koʻrmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.