Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 112-modda. Traktorchi-mashinistlar tomonidan qishloq xoʻjalik mashinalaridan texnik jihatdan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalarini qoʻpol ravishda buzish

Traktorchi-mashinistlar tomonidan traktorlar, kombaynlar, boshqa oʻziyurar qishloq xoʻjalik, melioratsiya, yoʻl-qurilish mashinalaridan texnik jihatdan foydalanish qoidalarini va texnika xavfsizligi qoidalarini qoʻpol ravishda buzish — bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki mexanizatorlarni ushbu mashinalarni boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum qilishga sabab boʻladi.