Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 116-3-modda. Aviatsiya xavfsizligini taʼminlashga doir talablarni buzish

Aviatsiya xavfsizligi boʻyicha tekshiruvdan oʻtmagan shaxslarni, qoʻl yukini yoki bagajni, yukni, pochtani, bort zaxiralarini yoxud havo kemalarida tashish taqiqlangan moddalarni yoki predmetlarni havo kemasi bortiga yetkazib berish yoki yetkazib berishga koʻmaklashish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.