Svetoforning taqiqlovchi signalida yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida yoʻlning qatnov qismidagi yoʻl chiziqlari yoki yoʻl belgilari bilan belgilangan toʻxtash chizigʻini bosib kirish, — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan oʻtishi, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.