Yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan transport vositalarining harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno), — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.