Kema haydovchilari tomonidan kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni mast holda boshqarish, shuningdek kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni boshqarishni alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik vositasi taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holdagi shaxslarga topshirish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga yoxud kema haydovchilarini kemani yoki kichik hajmli kemani boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.