Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 133-1-modda. Kemalar, shuningdek kichik hajmli kemalar haydovchilarining kemalar yoki kichik hajmli kemalarning harakat (suzish) xavfsizligi qoidalarini buzishi

Kemalar, shuningdek kichik hajmli kemalar haydovchilarining kemalar yoki kichik hajmli kemalarning harakat (suzish) xavfsizligi qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorida jarima solishga yoxud kema haydovchilarini kemani yoki kichik hajmli kemani boshqarish huquqidan bir yildan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.