Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 148-modda. Temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari uchun ajratilgan mintaqalarni muhofaza qilish qoidalarini buzish

Temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari uchun ajratilgan mintaqalarda temir yoʻl organlari va yoʻl organlari bilan kelishmay turib yerni haydash, oʻt oʻrish, chimlarni olib tashlash va tuproq olish, sanoat, melioratsiya suvlarini va oqova suvlarni suv qochirish inshootlariga va rezervlariga oqizish, shuningdek ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqish, yogʻoch koʻpriklar va taxta toʻshamali koʻpriklarda chekish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrtdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.