Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 173-modda. Texnik reglamentlarga javob bermaydigan yonilgʻi-moylash materiallarini realizatsiya qilish

Texnik reglamentlarga javob bermaydigan va koʻplab zaharli moddalar chiqishiga olib keladigan yonilgʻi-moylash materiallarini realizatsiya qilish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.