Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 176-3-modda. Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanish

Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.