Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 176-4-modda. Taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga doir talablarni buzish

Yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan yoki belgilangan talablar buzilgan holda jihozlangan taksilarni yoʻlga chiqarish, — transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Belgilangan tartibda yagona tanish belgilari bilan toʻliq jihozlangan taksilarning haydovchilari tomonidan mazkur belgilardan qasddan foydalanmaslik yoki ular shikastlanganligiga qaramay yoʻlovchilarni tashish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.