Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 180-modda. Sudga hurmatsizlik qilish

Guvoh, jabrlanuvchi, daʼvogar, javobgar, ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning sudga kelishdan qasddan boʻyin tovlashida yoki mazkur shaxslarning va boshqa fuqarolarning raislik qiluvchi farmoyishiga boʻysunmasligida yoxud sud majlisi paytida yoki sud binosida tartibni buzishda oʻz ifodasini topgan sudga hurmatsizlik — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.