Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 198-7-modda. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish natijalari boʻyicha tayyorlangan yakuniy hujjatni koʻrib chiqmaslik

Jamoatchilik nazorati natijalariga koʻra, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan shakllarda jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan tayyorlangan yakuniy hujjatni koʻrib chiqmaslik yoki uni koʻrib chiqish muddatini uzrli sabablarsiz buzish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.