Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 207-modda. Voyaga yetmaganni qarovga olish toʻgʻrisidagi yozma majburiyatni bajarmaslik

Ota-onalarning, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning, bolalar muassasalari rahbarlarining oʻz qaroviga olgan voyaga yetmaganga nisbatan oʻzlari qabul qilgan yozma majburiyatlarni bajarmasligi — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.