Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 218-modda. Ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini qonunga xilof ravishda tayyorlash va tarqatish

Ommaviy axborot vositalarining mahsulotlarini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazmasdan yoki ularni chiqarishni yoxud nashr etishni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin qonunga xilof ravishda tayyorlash va tarqatish — bosma yoki boshqa mahsulotlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.