Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 223-3-modda. Pasportni yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani garovga olish yoxud pasportni yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani qonunga xilof ravishda olib qoʻyish

Pasportni yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani garovga olish, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Pasportni yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani shaxslardan qonunga xilof ravishda olib qoʻyish, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.