Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasportsiz yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiz, amal qilish muddati tugaganligi sababli almashtirilishi lozim boʻlgan pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta bilan yashashi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosining va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasiz (yashash guvohnomasisiz), amal qilish muddati tugaganligi sababli almashtirilishi lozim boʻlgan identifikatsiyalovchi ID-kartasi (yashash guvohnomasi) bilan yashashi, — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ayni bir huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasportini yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasini yoxud xorijga chiqish uchun biometrik pasportini yaroqsizlantirishi yoki yoʻqotib qoʻyishi, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasini (yashash guvohnomasini) yoki harakatlanish hujjatini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasini (yashash guvohnomasini) yaroqsizlantirishi yoxud yoʻqotib qoʻyishi, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan ayni bir huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosining va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmasdan yashashi, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarim