Tovarlarni yoʻq qilish tartibini buzish, yaʼni tovarlarni yoʻq qilishning, ularni yoʻq qilish natijasida hosil boʻlgan chiqindilarni tegishli bojxona rejimiga joylashtirishning belgilangan talablari, cheklashlari va shartlariga rioya etmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.