Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika maʼlumotlarining yagona roʻyxatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilmagan oʻzga hujjatlarni, shu jumladan bank hisobvaragʻini ochishda ortiqcha hujjatlarni tadbirkorlik subyektlaridan talab qilib olish, xuddi shuningdek mazkur yagona roʻyxatga kiritilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish, — mansabdor shaxslar va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — mansabdor shaxslar va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
UCHINCHI BOʻLIM MAʼMURIY HUQUQBUZARLIKLAR TOʻGʻRISIDAGI ISHLARNI KOʻRIB CHIQISHGA VAKOLATI BOʻLGAN ORGANLAR (MANSABDOR SHAXSLAR)