Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 241-modda. Diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini buzish

Maxsus diniy maʼlumoti boʻlmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy taʼlimotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy taʼlimotdan saboq berish — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

XVI ¹ bob. TADBIRKORLIK FAOLIYATIGA TOʻSQINLIK QILGANLIK, QONUNGA XILOF RAVISHDA ARALASHGANLIK HAMDA XOʻJALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING HUQUQLARI VA QONUNIY MANFAATLARIGA TAJOVUZ QILADIGAN BOSHQA HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN MAʼMURIY JAVOBGARLIK