Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 244-modda. Mansabdor shaxslarning vakolatlari

Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni ushbu Kodeksning 242-moddasi 4-bandida koʻrsatilgan organlar nomidan koʻrib chiquvchi mansabdor shaxslarning roʻyxati qonunchilik bilan belgilab qoʻyiladi. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolati boʻlgan mansabdor shaxslar ushbu Kodeksning Maxsus qismida nazarda tutilgan maʼmuriy jazo choralarini oʻz vakolatlari doirasida va faqat xizmat burchini bajarib turgan chogʻdagina qoʻllanishlari mumkin.