Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 245-10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Ushbu Kodeksning 193⁴ va 215⁷-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.