Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 49 , 49² , 49³ , 50 , 51 va 229-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqlidir: mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikni va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun — mehnat boʻyicha davlat inspektorlari, mehnat boʻyicha davlat huquqiy inspektorlari; mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun — mehnat boʻyicha davlat inspektorlari, mehnat boʻyicha davlat texnik inspektorlari, mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertlari. Ushbu Kodeksning 201²-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, mehnat boʻyicha davlat inspektorlari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi hamda uni ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboradi.