Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 256-modda. Mudofaa vazirligi organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 125 , 125¹ , 126-moddalarida , 127-moddasining birinchi qismida , 128-moddasining birinchi , ikkinchi va uchinchi qismlarida , 128¹ , 128²-moddalarida , 128³-moddasining birinchi , ikkinchi va uchinchi qismlarida , 128⁴-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida , 128⁵-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida , 128⁶-moddasida , 129-moddasining birinchi qismida , 130-moddasining birinchi qismida , 135 , 135¹ , 138 , 139 , 140-moddalarida (transport vositalarining haydovchilari — harbiy xizmatchilar va yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan) hamda 235 , 236-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo qoʻllanishga haqlidirlar: ushbu Kodeksning 235 , 236-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari boshliqlari va tuman (shahar) muqobil xizmat boʻlimlari boshliqlari; ushbu Kodeksning 125, 125¹ , 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida , 128-moddasining birinchi , ikkinchi va uchinchi qismlarida , 128¹ , 128²-moddalarida , 128³-moddasining birinchi , ikkinchi va uchinchi qismlarida , 128⁴-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida , 128⁵-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida , 128⁶-moddasida , 129-moddasining birinchi qismida , 130-moddasining birinchi qismida , 135 , 135¹ , 138 , 139 , 140 -moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — harbiy avtomobil inspeksiyasining boshligʻi, katta inspektori. Transport vositalarining haydovchilari — harbiy xizmatchilar va yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar sodir etgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi bayonnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda belgil