Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 264-3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boʻlinmalari

Ushbu Kodeks 61 , 61¹ , 164 , 165¹ , 170 , 171¹-moddalarida , 174-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida , 175² , 176 , 179³ , 179⁵ , 186¹ , 193¹ va 193²-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hamda uning hududiy boʻlinmalarining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.