Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 271-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar

Quyidagi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emas, boshlangan ish esa tugatilishi lozim: 1) maʼmuriy huquqbuzarlik hodisasi yoki alomati yoʻq boʻlsa; 2) maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish paytida shaxs oʻn olti yoshga toʻlmagan boʻlsa; 3) gʻayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlikni sodir etgan shaxs aqli noraso boʻlsa; 4) shaxs harakatni zaruriy mudofaa holatida yoki oxirgi zarurat holatida qilgan boʻlsa; 4¹ ) shaxs harakatni jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qoʻrqitish natijasida qilgan boʻlsa; 5) amnistiya akti chiqishi, agar u maʼmuriy jazo chorasini qoʻllanishni bekor qilsa; 6) maʼmuriy javobgarlikni belgilovchi hujjat bekor qilingan boʻlsa; 7) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish paytiga kelib ushbu Kodeksning 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlar oʻtib ketgan boʻlsa; 8) maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs xususida shu fakt yuzasidan maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisida vakolatli organ (mansabdor shaxs) qaror chiqargan boʻlsa yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni tugatish toʻgʻrisida chiqarilgan qaror bekor qilinmagan boʻlsa, shuningdek mazkur fakt yuzasidan jinoyat toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa; 8¹ ) ish yuritish jabrlanuvchining arizasiga koʻra yuritiladigan hollarda uning arizasi mavjud boʻlmasa, bundan ushbu Kodeks 269³-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno; 9) shaxs ishi yuritila boshlangan paytda vafot etgan boʻlsa; 10) huquqbuzarlikning oqibatlari bartaraf etilgan taqdirda shaxsni javobgarlikdan ozod etish ushbu Kodeksning tegishli moddasida nazarda tutilgan boʻlsa; 10¹ ) huquqbuzar ushbu Kodeksning 21²-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha jabrlanuvchi bilan yarashgan boʻlsa; 11) agar ushbu Kodeks 164-moddasining birinchi , ikkinchi va uchinchi qismlarida , 165-moddasining birinchi qismida , 166-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida , 167-moddasining birin