Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 275-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish chogʻida qonunlarning ijrosi ustidan prokuror nazorati

Prokuror maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish chogʻida qonunlarning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirar ekan: maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishga; ish materiallari bilan tanishib chiqishga; ish yuritish vaqtida organlar (mansabdor shaxslar)ning harakatlari qonuniyligini tekshirishga; ishni koʻrib chiqishda qatnashishga; ishni koʻrib chiqish vaqtida vujudga kelgan masalalar xususida iltimosini bayon etishga, xulosalar berishga; maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun tegishli organlar (mansabdor shaxslar) taʼsir koʻrsatish choralarini toʻgʻri qoʻllanganligini tekshirishga; maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qabul qilingan qarorga yoki shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga protest keltirishga; qonunda nazarda tutilgan boshqa harakatlar qilishga haqlidir.