Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 287-modda. Maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turishga vakolatli organlar (mansabdor shaxslar)

Maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish bu ishga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan vakolat berib qoʻyilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidangina amalga oshirilishi mumkin, chunonchi: 1) ushbu Kodeksning 47⁴ , 47⁵ , 51² , 51⁸ , 51⁹ , 54 , 56-moddalarida , 56¹-moddasida (jamoat transportida maxsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini isteʼmol qilganlik uchun), 57 , 58-moddalarida , 60-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida , 60¹ , 61-moddalarida , 61¹-moddasining birinchi qismida , 63 , 66 , 70¹ , 72 , 79 , 88 , 90 , 90¹ , 91 , 91¹ , 91² , 92 , 94 , 110 , 111 , 113 , 114 , 115 , 116 , 116¹ , 116² , 116³ , 117-moddalarida , 118-moddasining uchinchi qismida , 121 , 123 , 125 , 125¹ , 126 , 127 , 128 , 128¹ , 128² , 128³ , 128⁴ , 128⁵ , 128⁶ , 129 , 130 , 131 , 133 , 134 , 135 , 135¹ , 136 , 137 , 138 , 142-moddalarida , 144-moddasining uchinchi qismida , 146-moddasida , 147-moddasining birinchi qismida , 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida , 154-moddasida , 164-moddasining toʻrtinchi qismida , 170-moddasida , 176-moddasining birinchi , ikkinchi va uchinchi qismlarida , 176³-moddasida , 176⁴-moddasining ikkinchi qismida , 183 , 184² , 184³ , 184⁴ , 185 , 185¹ , 185² , 185³ , 186 , 187 , 188 , 188³ , 188⁴ , 189 , 189¹ , 190, 191 , 192 , 194 , 195 , 198 , 199 , 201 , 202¹ , 203 , 204 , 205 , 209 , 209¹ , 210-moddalarida, 210¹-moddasining birinchi qismida, 218 , 220 , 224-moddalarida , 225-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida , 225¹ , 228 , 239 , 240 , 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — ichki ishlar organlari tomonidan; 2) ushbu Kodeksning 184² , 184³ , 196¹ , 196² , 224-moddalarida , 224¹-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida , 224²-moddasida , 225-moddasining birinchi , ikkinchi va uchinchi qismlarida , 227²¹-moddasi birinchi qismida , 227²³-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari tomonid