Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 298-modda. Guvoh

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha aniqlanishi kerak boʻlgan biron-bir holatdan voqif boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday shaxs shu ish yuzasidan guvoh sifatida chaqirilishi mumkin. Ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) chaqiruviga binoan guvoh koʻrsatilgan vaqtda kelishi, haqqoniy koʻrsatuvlar berishi, shu ish xususida oʻziga maʼlum boʻlgan hamma narsalarni aytib berishi va qoʻyilgan savollarga javob berishi shart.