Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 303-1-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish materiallarini qaytarish

Maʼmuriy ish mazkur organga (mansabdor shaxsga) taalluqli boʻlmagan (sudloviga tegishli boʻlmagan) yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish materiallari ushbu Kodeksning 281 va 282-moddalarida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda yuborilgan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish materiallari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzgan organga (mansabdor shaxsga) qaytariladi.