Ushbu Kodeksning 61 , 131 , 140 , 183 , 187 , 233 , 237-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllanish haqida chiqarilgan qarorni shu huquqbuzar ishlab yoki oʻqib turgan joydagi maʼmuriyat eʼtiboriga yetkazadi. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) qabul qilingan qaror toʻgʻrisida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan mansabdor shaxsning eʼtiboriga yetkazadi.