Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 324-2-modda. Apellyatsiya tartibida ishlarni qayta koʻruvchi sudlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari tomonidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish natijalari yuzasidan birinchi instansiya boʻyicha chiqarilgan qarorlarning qonuniyligi, asoslantirilganligi va adolatliligini apellyatsiya tartibida tekshiradi.