Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 324-21-modda. Sud hujjatini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar

Sud hujjatining noqonuniyligi, asoslantirilmaganligi va adolatsizligi sud hujjatini kassatsiya tartibida oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi. Sudning mazmunan toʻgʻri boʻlgan hujjati faqat birgina yuzaki asoslarga koʻra bekor qilinishi mumkin emas.