Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 324-27-modda. Taftish tartibida beriladigan shikoyatning (protestning) mazmuniga quyiladigan talablar

Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) shikoyat (protest) yuborilayotgan, ishni taftish tartibida koʻradigan sudning nomi; 2) shikoyat (protest) bergan shaxs, uning protsessual mavqeyi, uning yashash joyi yoki joylashgan yeri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 3) sud ishining raqami, ustidan shikoyat (protest) berilayotgan qaror chiqarilgan sana, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining nomi; 4) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning fikriga koʻra qarorning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi toʻgʻrisidagi vajlari, shuningdek uning iltimosining mazmuni; 5) shikoyat (protest) bergan shaxs oʻz talablarini asoslayotgan dalillar; 6) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan materiallar roʻyxati; 7) shikoyat (protest) berilgan sana, shikoyat (protest) bergan shaxsning imzosi.