Ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida Oliy sud sudyasi tomonidan taftish tartibida yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida koʻrilayotganda sud majlisi raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday ish va kimning taftish tartibida berilgan shikoyati (protesti) boʻyicha koʻrilayotganligini eʼlon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, sud majlisi kotibining, shuningdek, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, prokurorning, advokatning va tarjimonning familiyasini, ismini, otasining ismini maʼlum qiladi. Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi qaysi shaxslar, ularning vakillari kelganligini aniqlashtiradi, hozir boʻlganlarning shaxsini aniqlaydi, mansabdor shaxslar va vakillarning vakolatlarini tekshiradi, ishda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, bildirilgan iltimosnomalarni hal qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishni taftish tartibida koʻrish uchun monelik qilmaydi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni taftish instansiyasi sudida koʻrish sud majlisida raislik qiluvchi sudyaning maʼruzasi bilan boshlanadi. Maʼruza davomida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish holatlari, birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi qarorining mazmuni, taftish tartibida berilgan shikoyatning (protestning) vajlari bayon etiladi. Maʼruzadan keyin sud majlisida hozir boʻlgan, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, ularning vakillarining tushuntirishlari eshitiladi. Taftish tartibidagi shikoyatni bergan shaxs yoki uning vakili yoxud, agar prokuror taftish tartibida protest keltirgan boʻlsa, prokuror birinchi boʻlib soʻzga chiqadi. Taftish instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soʻzlarini eshitib, tegishli iltimosnomalar