Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 336-modda. Narsani haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish

Haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror asosida olib qoʻyilgan narsalar belgilangan tartibda shartnoma-vositachilik asosida yoxud auksion shaklidagi kimoshdi savdosida realizatsiya qilinadi. Qurolni va uning oʻq-dorilarini haqini toʻlab olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror ichki ishlar organlari tomonidan ijro etiladi. Haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyilgan narsani sotishdan tushgan pullar ushbu Kodeksning 26-moddasiga muvofiq olib qoʻyilgan narsalarni sotish xarajatlarini chegirib qolib, shu narsalarning sobiq egasiga topshiriladi.