Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi organlar tomonidan ijro etiladi: ushbu Kodeksning 51² , 51⁸ , 51⁹ , 56 , 57 , 58-moddalarida , 61¹-moddasining birinchi qismida , 94 , 165¹ , 184² , 184³ , 189 , 189¹ , 201 , 202¹-moddalarida , 225-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida , 239 , 240 , 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan taqdirda — ichki ishlar organlari tomonidan; ushbu Kodeksning 224¹-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari tomonidan.