Saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablagʻlari toʻgʻrisidagi oraliq yoki yakuniy hisobotni siyosiy partiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoxud hisobotda bila turib notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.