Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 51-6-modda. Nomzodlar, siyosiy partiyalar toʻgʻrisida yolgʻon maʼlumotlarni tarqatish

Saylov natijalariga taʼsir koʻrsatish maqsadida nomzod, siyosiy partiya toʻgʻrisida ataylab yolgʻon maʼlumotlarni eʼlon qilish yoki boshqa usullar orqali tarqatish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.