Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 56-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini oz miqdorda gʻayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish

Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini oʻtkazish maqsadini koʻzlamay oz miqdorda gʻayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, — giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini musodara qilib, oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoq jazosiga sabab boʻladi.