Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 69-modda. Chegara belgilarini, geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yoʻq qilish yoki shikastlantirish

Egalikdagi, foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini, geodezik punktlarni va oʻrmonlardagi cheklov belgilarini yoʻq qilish yoki shikastlantirish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.