Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 1-modda. Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilik

Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.