Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 102-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turishning huquqiy oqibatlari

Ish yuritish toʻxtatib turilgan taqdirda, ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan yoxud sud tomonidan tayinlangan muddatlarning oʻtishi toʻxtatib turiladi. Ish yuritish tiklanguniga qadar sud biror-bir protsessual harakatni amalga oshirishga haqli emas, bundan dastlabki himoya choralarini koʻrishga va dalillarni taʼminlashga qaratilgan harakatlar mustasno.