Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 129-modda. Arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilinadigan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini yuborish

Arizachi ariza (shikoyat) berayotganda javobgarga va uchinchi shaxslarga arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilingan, ularda boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini yuborishi shart.