Arizaga (shikoyatga) quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi: 1) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini, agar bu ushbu toifadagi ishlar uchun qonunda nazarda tutilgan boʻlsa; 1¹ ) belgilangan tartibda va miqdorda pochta xarajatlari toʻlanganligini; 2) arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari javobgarga hamda uchinchi shaxslarga yuborilganligini; 3) arz qilingan talablarga asos boʻlgan holatlarni; 4) arizani (shikoyatni) imzolash vakolatini, agar u vakil tomonidan imzolangan boʻlsa. Eksterritorial sudlovga tegishlilik tanlanganida arizaga (shikoyatga) arizachining shu mazmundagi iltimosnomasi ham ilova qilinadi.