Birinchi instansiya sudi ayni bir shaxslar ishtirok etuvchi bir turdagi bir nechta ishni bitta ish yuritishga birlashtirishga haqli. Ishlarni birlashtirishga sudning ish koʻrish yakuni boʻyicha hujjati qabul qilinguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. Ishlar birlashtirilganda ular boʻyicha ish koʻrish muddati keyinroq tayinlangan ish boʻyicha belgilanadi. Ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.