Agar sud talablarni ajratib koʻrishni maqsadga muvofiq deb topsa, u bir yoki bir nechta birlashtirilgan talabni alohida ish yuritishga ajratishga haqli. Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratishga ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda yoʻl qoʻyiladi. Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Ajratilgan talab boʻyicha ish koʻrish muddati ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.