Maʼmuriy organning qarori yoki uning mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan berilgan arizani (shikoyatni) koʻrishda mansabdor shaxsning yoki uning vakilining sud majlisidagi ishtiroki majburiy hisoblanadi. Ushbu arizani (shikoyatni) koʻrishda mansabdor shaxs yoki uning vakili sud majlisida ishtirok etmagan taqdirda sud muhokamasi keyinga qoldiriladi. Maʼmuriy organ mansabdor shaxsining yoki uning vakilining sud muhokamasida ishtirok etmaganligi sud tomonidan uzrli deb topilmagan taqdirda, sud mansabdor shaxsga nisbatan sud jarimasini qoʻllashga haqli. Maʼmuriy organ mansabdor shaxsining yoki uning vakilining ishtiroki ishning har tomonlama, toʻliq va toʻgʻri hal qilinishiga toʻsqinlik qilmagan taqdirda, ish davlat organi mansabdor shaxsining yoki uning vakilining ishtirokisiz koʻrib chiqilishi mumkin.