Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 154-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish

Sud ishni mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini qabul qiladi. Sud hal qiluv qarorini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qabul qiladi. Sudning hal qiluv qarori sud muhokamasi tugaganidan keyin qabul qilinadi. Sudning hal qiluv qarori qonuniy va asoslantirilgan boʻlishi kerak. U sud majlisida tekshirilgan dalillargagina asoslangan boʻlishi mumkin.