Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 159-modda. Hal qiluv qarorini oʻqib eshittirish

Sudning hal qiluv qarori sud raislik qiluvchi tomonidan muhokamasi tugallangan sud majlisining oʻzida oʻqib eshittiriladi. Sud muhokamasi tugallangan sud majlisida qabul qilingan hal qiluv qarorining faqat xulosa qismi oʻqib eshittiriladi. Hal qiluv qarorining oʻqib eshittiriladigan xulosa qismi hal qiluv qarorini qabul qilishda ishtirok etgan barcha sudyalar tomonidan imzolanishi va ishga qoʻshib qoʻyilishi kerak. Hal qiluv qarorini toʻliq hajmda tuzish va imzolash besh kundan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirilishi mumkin. Sud majlisida raislik qiluvchi hal qiluv qarori oʻqib eshittirilganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan hal qiluv qarori bilan qachon tanishishlari mumkinligi, uni ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborish tartibini, shuningdek hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibini tushuntirib beradi.